Germaniyada ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi - foto

© AFP PHOTO / ODD ANDERSENSkoraya pomosh. Germaniya
Skoraya pomosh. Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning Blankenburg shahrida ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 25 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Germaniyaning Blankenburg shahrida ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti MDR telekanaliga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bugun ertalab mahalliy vaqt soat 8:55 da Blankenburg shahridagi besh qavatli uyda portlash yuz berdi.

​

Portlash oqibatida 25 kishi jarohatlandi. Ta’kidlanishicha, bir kishi halok bo‘ldi.

Voqea joyida 160 nafar qutqaruvchi ishlamoqda, tibbiyot vertolotlari jalb qilingan.

Binodan aholi to‘liq evakuatsiya qilingan.

Yangiliklar lentasi
0