TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni taklif qildi.
Birinchidan, O‘zbekistonda barcha o‘quv muassasalarida 5 kunlik o‘quv haftasi joriy etish. Turizm qo‘mitasi fikriga ko‘ra bu o‘quvchilar va ularning ota-onalariga dam olish kunlari ko‘proq sayohat qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, qishgi mavsumda turizm hajmini oshirish maqsadida, Yozgi ta’tilni qisqartirgan holda, qishgi ta’til kunlarini uzaytirish taklif qilindi. Qo‘mita fikriga ko‘ra bu qishgi, turizm mavsumi sust bo‘lgan vaqtda, turistlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.
Uchinchidan, Turizm qo‘mitasi turli qiziqarli tadbirlar tashkil qilish orqali Respublikaga tashrif buyurayotgan yosh turistlar sonini oshirishni re jalashtirgan. Qo‘mita xususan 2020-yilda 2,2 mln yosh turistlarni jalb qilmoqchi bo‘lsa, 2025-yilga kelib ana shunday sayyohlar soni 4 million kishiga yetkazishni rejalashtirgan.