O‘zbekiston ayrim hududlarida “svet” bo‘lmaydi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishEkologicheskaya aksiya "Chas Zemli"
Ekologicheskaya aksiya Chas Zemli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga, 13-dekabr kuni Toshkent shahri va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasining o‘chirilishi kuzatilmoqda.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik.  Ertaga, 13-dekabr kuni Toshkent shahri va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida  elektr energiyasi o‘chiriladi. Bu haqda "Xududiy elektr tarmoklari" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga qarashli 16-mavzesida joylashgan 10 kV TP 3188-sonli transformator punktida rejali mukammal ta’mirlash  ishlari xavfsiz tarzda bajarilishini taqozo etadi.  Shu bois mazkur hududdagi 10-11-sonli  ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Shuningdek, joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati Urganch tumanining "Yuqori jirmiz", "Qoramon", "Beruniy", "Kattabog‘", "Xojiboylar", "Oqbog‘", "Adolat", "Chakkako‘l", "Sholikor" mahallalarida   ham   soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasi vaqtinchalik uzib qo‘yiladi.  

Yangiliklar lentasi
0