TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Moskvada Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylash uchun muddatidan oldin ovoz berish boshlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston elchixonasi matbuot xizmati.
Unda Moskva shahar va Moskva viloyatida va Rossiyaning Markaziy federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Saylovchilar o‘z fuqarolik burchlarini quyidagi manzillarda amalga oshirishlari mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida 31 saylov uchastkasi:
Manzil: Moskva sh., Pogorelskiy pereulok, 12 uy; - Moskvadagi O‘zbekiston mehnat va mehnat munosobatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasida 54-sonli saylov uchastkasi:
Manzil: Moskva sh., 1-Kazachiy pereulok, 1 uy, 2 qurilish.
Muddatidan oldin ovoz berish 2019-yilning 12-dekabrdan 19-dekabrga qadar davom etadi. Ushbu kunlarda saylov uchastkalari Moskva vaqti bilan soat 11:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchi shaxsini aniqlovchi xujjat bo‘lishi lozim: fuqarolik pasporti, chet elga chiqish yoki diplomatik pasport, harbiy guvohnoma yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma.
Qo‘shimcha maa’lumot uchun quyidagi raqamlarga bog‘laning: +7 977 296 07 26; +7 977 755 89 46.