Toshkentda kollej direktori pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri. Dollari SShA.
Denejnie kupuri. Dollari SShA.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda kollej direktori o‘rinbosari talabadan 400 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Toshkentda kollej direktori o‘rinbosari talabadan 400 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

Snayperskiy pritsel - Sputnik O‘zbekiston
Fuqaro O‘zbekistonga snayper miltig‘ining nishonga olish moslamasini olib kirishga urindi

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir jarayonida Radiotexnika va Avtomatika kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari M.T. fuqaro R.M.ning o‘qishini ushbu kollejning 3-bosqichiga (yuqori tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali) qayta tiklab berishi, shu bilan birga unga kollejni bitirganligi to‘g‘risidagi diplomni olishida yordam berishini aytgan.

“Xizmati”  evaziga esa talabadan 400 dollarni firibgarlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan M.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0