Bosh prokuratura o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga chora ko‘rmoqda

© Xalq bilan muloqotV Djizakskoy oblasti v ramkax realizatsii proyekta "Blagoustroyennoe selo" snosat starie doma
V Djizakskoy oblasti v ramkax realizatsii proyekta Blagoustroyennoe selo snosat starie doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar borasida kelib tushgan 932 ming murojaatdan 574 mingtasi qondirildi, 179 mingtasiga rad javobi berildi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Davlat Xizmatlari markazlariga 2019-yilning may oyiga qadar o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga egalik huquqini so‘rab 932 748 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqida Sputnik muxbiriga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kelib tushgan murojaatlarning yarmidan ko‘pi - 574 213tasi O‘zbekiston Prezidentining PF–5421-sonli Farmoniga muvofiq o‘tkazilgan  umumdavlat aksiyasi davrida qanoatlantirilgan.

Undan 179 824 murojaat esa turar joy aholi punktlarining bosh reja loyihalariga to‘g‘ri kelmaganligi, shaharsozlik normalariga javob bermasligi, tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan hududda joylashganligi va boshqa shaxslarning huquqlarini buzganligi sababli rad etilgan.

Opustevshaya stroyka - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zboshimchalik oqibati": Samarqandda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar buzilmoqda

Qolgan 178 711 ta murojaat esa ayni damda ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatida yerdan foydalanishga oid qonunlar ijrosi o‘rganilganda, joriy yilning dekabr oyida 9 169 holatda 1 203 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanganligi aniqlangan. Shundan 3 753 ta holatda 364 gektar yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish qilingani ma’lum bo‘lgan.

Bu kabi salbiy holatlar respublikaning boshqa hududlarida ham kuzatilib, ayni damda Bosh prokuratura tomonidan sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0