Andijonda ikkita poyezd vagoni temir yo‘l izidan chiqib ketdi

© Press-slujba MVD UzbekistanaV Andijane pustie vagoni soshli s jeleznodorojnogo puti
V Andijane pustie vagoni soshli s jeleznodorojnogo puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 12-dekabr kuni Paytug‘ temir yo‘l stansiyasida ikki dona bo‘sh vagon temir yo‘l izidan chiqib ketdi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Bugun, 12-dekabr kuni Andijon viloyatida "Paytug‘" temir yo‘l stansiyasida ikki dona bo‘sh vagon temir yo‘l izidan chiqib ketdi.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan IIV axborot xizmati xabar berdi.

© Press-slujba MVD UzbekistanaV Andijane pustie vagoni soshli s jeleznodorojnogo puti
Andijonda ikkita poyezd vagoni temir yo‘l izidan chiqib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
V Andijane pustie vagoni soshli s jeleznodorojnogo puti

Qayd etilishicha, 2019-yil 12-dekabr kuni soat 07:30 larda Qozog‘iston Respublikasidan 13 ta yarim ochiq vagonlarda MChJlardan birining nomiga ko‘mir mahsulotlari keltirib tushirilgan.

Hodisa ko‘mir tushirib bo‘lingach, vagonlar g‘ildiraklari ostiga temir yo‘l bashmaklarining mahkamlanmaganligi sababli yuzaga kelgan.

Natijada bo‘sh vagonlar pastga harakatlanib borib, 63080675-sonli yarim ochiq bo‘sh vagon temir yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan. 60745015-sonli vagonning old g‘ildiraklari esa temir yo‘l izidan chiqib ketgan.

Xabarda aytilishicha, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Ayni damda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0