O‘zbekiston prezidenti taqiqlangan tashkilotlar a’zolarini kechirdi – Artikova

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir ham komissiya to‘xtovsiz ish olib bormoqda. Bosh prokuror o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, sudlangan shaxs shaxsan murojaat qilsa, albatta uning murojaati ko‘rib chiqiladi

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekiston Konstitutsiyasi bayrami arafasida mamlakat prezidenti tomonidan afv etilgan fuqarolarning aksariyati ta’qiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova

Bu haqda bugun, chorshanba kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artiqova ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 7-dekabr "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekib, 92 nafar fuqaroni afv etgan edi.

"Shu 92 shaxsdan 79 nafari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslardir. Men shaxsan ularning hukmlarini o‘qidim, bevosita ular bilan suhbatlashdim. Kimdir varaqa saqlagan, yana kimdir disk, yana boshqa biri qanaqadir yig‘ilishda qatnashgan... Xullas, bevosita Vatanga xoin bo‘lmagan shaxslar ular”, - deya izoh berdi bosh prokuror o‘rinbosari va “o‘sha paytda qonunchilik juda keskin bo‘lganini va bu toifadagi shaxslar uzoq muddatga jazolanganini, o‘sha uchun ham prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘proq shu toifadagi shaxslarni afv etganini qo‘shimcha qildi.

Artikova, shuningdek, hozir ham komissiya to‘xtovsiz ish olib borayotganini, sudlangan shaxs shaxsan murojaat qilsa, albatta uning murojaati ko‘rib chiqilishini alohida qayd etdi.

"Ko‘pincha sayyor qabullarda sudlangan shaxsning otasi yoki onasi, yoki ayoli murojaat qiladi. Ammo komissiya tomonidan bunday arizalar ko‘rib chiqilmaydi, chunki bevosita sudlangan shaxs o‘zi murojaat qilishi kerak", - deya tushuntirdi Bosh prokuror o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0