Turizm bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini BMT qo‘llab-quvvatladi

Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo hududida turizmni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusi BMT kengashi a’zolari tomonidan tasdiqlandi.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, Markaziy Osiyoda turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyiha BMTda qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Turizm qo‘mitasi.

“BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining Ikkinchi qo‘mitasida O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” loyihasi bir ovozdan qabul qilindi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, loyihani ishlab chiqishda 53 davlat ishtirok etgan. Loyiha 193 davlat tomonidan bir ovozdan (konsensus) tasdiqlangan. Markaziy Osiyo mamlakatlari nomidan hujjatlarni O‘zbekiston delegatsiyasi taqdim etgan. Rezolyutsiya loyihasi Bosh Assambleyaning 2019-yil dekabr oyida bo‘ladigan plenar yig‘ilishida rasman tasdiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0