Samarqand avliyolariga jon ato etish yo‘lida: ikona chizishni o‘zi o‘rgangan rassom haqida hikoya

© SputnikXudojnik-ikonopises iz Samarkanda Aleksandr Galak
Xudojnik-ikonopises iz Samarkanda Aleksandr Galak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz ikona chizuvchi rassom - Aleksandr Galak haqida tasodifan, rus Samarqandi mavzusi ustida ish olib borayotib, bilib qoldik.

Samarqandning yagona ikona chizuvchi rassomi Aleksandr Galak avliyolar suratlarini tasodifan chizishni boshlagan - uni 1990-yillarda boshqa rassomlar qatorida deyarli vayronaga aylangan Aleksey cherkovini tiklash uchun taklif qilishgan edi. Endi u bu ishni asosiy kasblaridan biri deb biladi.

Pokrovskaya serkov v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Sharq qalbidan joy olgan pravoslav dini: musulmonlar nega cherkovlarga kelmoqda

Biz ikona chizuvchi rassom Aleksandr Galak haqida tasodifan, rus Samarqandi mavzusi ustida ish olib borayotib bilib qoldik. Uning ustaxonasini topish qiyin emas edi – shaharning uchta ishlayotgan cherkovlardan birida joylashgani aniq edi.

Va shunday bo‘lib chiqdi ham – mana ko‘p yillardirki u Pokrov cherkovida xizmat qilib kelmoqda. Bu o‘sha,  1903-yilda qurilgan, sovet davrida ham faoliyat yuritgan – u bir kunga ham ibodatchilariga o‘z eshiklarini berkitmagan.

Ikonalarni chizadi va tiklaydi...

Ikonachi rassomni izlayotganimizni bilgach, sham do‘koni yonida turgan ayollar unga qo‘ng‘iroq qilishni boshladilar, u esa darsda edi. Aleksandr Galak Bolalar ijodiy maktabida rassomchilikdan dars beradi. Tanaffus vaqtida u qaytib qo‘ng‘iroq qildi. Uni izlab Moskvadan mexmonlar kelganini bilgan, tushlik paytida kelishga va’da berdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXudojnik-ikonopises Aleksandr Galak rasskazivayet o vosstanovlenii Alekseyevskogo xrama v Samarkande
Samarqand avliyolariga jon ato etish yo‘lida: ikona chizishni o‘zi o‘rgangan rassom haqida hikoya - Sputnik O‘zbekiston
Xudojnik-ikonopises Aleksandr Galak rasskazivayet o vosstanovlenii Alekseyevskogo xrama v Samarkande

Aleksandr kelayotganini eshitgan ayollar bizga uning ishlarini ko‘rsatishga kirishdilar – yakshanba maktabiga, cho‘qintirish xonasi va hisobxonaga olib boruvchi koridorning qorday oppoq, Injildan olingan voqealar tasvirlari tushirilgan devorlar. Asarlar juda ta’sirli – bu bizning zamondoshimizning ishi ekanligiga ishonish qiyin. Ehtimol, cherkovning umumiy muhiti ta’siridir, chunki hajmlari kichikligi tufayli juda fayzliday tuyuladi. Qo‘ng‘iroq chalinadigan minoraga chiqib atrofni tomosha qilishga ruxsat berishdi. U yerdan biz bilan uchrashishga shoshayotgan rassomni ko‘rdik.

"Bularning barchasi, 90-yillarda, Sovet Ittifoqi davrida avliyo Aleksey cherkovida joydashgan harbiy qismning klubini dindorlarga qaytarib berilishi davridan boshlandi, Ittifoq parchalingach esa uning maqomi mutlako noaniq bo‘lib qoldi. Bu o‘z davrida Samarqandning eng katta cherkovi deb atash ham qiyin edi, chunki na gumbazi, na ikonalari,  Xudoni uyi deb atashga loyiq na biron bir ishora ham yo‘q edi," – cherkov hududi bo‘ylab ustaxona tomon yurar ekanmiz, ikona rassomchiligiga kirib kelish tarixi haqida Aleksandr Galak shularni so‘zlab berdi.

Universitetskiy prospekt v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Yashil meros: Samarqand chinorlarini kim ekkan?

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning shaxsiy aralashuvidan so‘ng cherkov nihoyat Samarqandning pravoslav aholisiga topshirildi.

"Lekin cherkov juda ayanchli ahvolda edi – devorlar, pollar, uning tashqi ko‘rinishiga qarash og‘ir edi. Hamma narsa bamisoli yarador edi. Bittayam ikona yo‘q edi. Uni qanday tiklash to‘g‘risida savol tug‘ildi. Tabiiyki, rassomlarni, shu jumladan meni ham  taklif qilishdi. Shu tariqa meni cherkovga kirishim, va shu yo‘nalishda harakatlarim boshlandi. Dastlab biz ushbu cherkovga kirishdik, tashqi ko‘rinishni tiklashga harakat qildik, birinchi ikonalarni chizishni boshladik, keyin esa davom etib ketdi... men hali ham cherkov devorlarini tark etolmayman", - bu so‘zlar bilan Aleksandr Galak bizni o‘z xujrasiga olib kirdi.

Ichi salqin, lekin hech kim shikoyat qilmaydi. Aleksandrning xonasida devorlarda, stol va javonlarda yangi va qadimiy, tiklashga rassom ishlashi uchun endigina olingan ikona va xochlar.

"Ikonalarni chizish - bu oddiy rasmlar chizish bilan qiyoslab bo‘lmaydigan ish. Men o‘zgarishimga to‘gri kelardi – bu tasvir yaratishning umuman boshqa tili. Hatto fikrlash ham boshqacha bo‘ladi. Avvaliga ikona san’atiga kirishish oson emas edi. Men ikona chizishda boshqacha mamnuniyatni his etaman, hatto ishni boshlaganimda men o‘zimni boshqacha his qilaman”, - deb tan oladi usta.

© SputnikXudojnik-ikonopises Aleksandr Galak pokazivayet svoyu samodelnuyu knigu o pravoslavii v Samarkande
Samarqand avliyolariga jon ato etish yo‘lida: ikona chizishni o‘zi o‘rgangan rassom haqida hikoya - Sputnik O‘zbekiston
Xudojnik-ikonopises Aleksandr Galak pokazivayet svoyu samodelnuyu knigu o pravoslavii v Samarkande

Va keyin u o‘zini klassik ikona rassomi deb hisoblamasligini ta’kidladi, chunki u maxsus ma’lumot olmagan. "Men ikona chizuvchi oddiy rasomman", - deb ta’kidlaydi u.

Ikonalarni turmush o‘rtog‘i Yelena Larina ham chizadi, ular ko‘p yillardan beri birga. Yelena turmush o‘rtog‘i bilan birga Bolalar ijodiy maktabida dars berar ekan.

Aleksandr Galak ko‘zimiz oldida ikona qanday tiklanishini ko‘rsatmoqda - katta sinchkovlik va diqqat bilan ikonaning mayda detallari ustida mo‘yqalam bilan ishlaydi va eski asarlarga yangi ko‘rinishni qaytaradi. Biz bir necha daqiqa kuzatdik xolos, lekin odatda rassomlar o‘rnidan soatlab turmaydi.

Samarqand nasroniyligi haqida kitob

"Men Samarqandda tug‘ildim va ulg‘aydim, bu mening vatanim. Men har doim bu joylarning boy tarixiga qiziqaman. Vaqt o‘tishi bilan men Sharqdagi nasroniylikni asoslari bilan qiziqdim. Yetti yil davomida men Samarqandda pravoslav cherkovlarning paydo bo‘lishi bilan – qayerda va qachon qurilgan, kimlar birinchi ruhoniylardan bo‘lgan, birinchi jamoatlar qanday yaratilgan va hokazo", - bu so‘zlarni aytar ekan u ikonalarni ber chetga surib ko‘lbola chop etilgan kitobni tokchadan oldi.

Ushbu asarda pravoslav Samarqandi haqida barcha ma’lumotlar mavjud. Unda birinchi cherkov 1868-yilda qanday ochilgan, ular soni nechta bo‘lgan va ibodatxonalarda kimlar xizmat qilganlari yozilgan. Aleksandr bir kun kelib bu kitobni yaxshi qog‘ozda qattiq muqovada nashr etishni orzu qiladi.

© SputnikV masterskoy xudojnika-ikonopissa Aleksandra Galaka v Samarkande
Samarqand avliyolariga jon ato etish yo‘lida: ikona chizishni o‘zi o‘rgangan rassom haqida hikoya - Sputnik O‘zbekiston
V masterskoy xudojnika-ikonopissa Aleksandra Galaka v Samarkande

"Men nima uchun Samarqandda cherkovlar paydo bo‘la boshlaganini tushundim – ruslar bu yerga yetib kelgach, o‘z vatanidan yiroqda, o‘zligini: milliy taomlari, dini va o‘z urf-odatlarini yo‘qotmaslikni xohlashadi. Bularni bu yerda  saqlab qolish ular uchun juda muhim edi. Ibodatxonalar ochila boshladi – boshida sodda, keyinchalik esa chiroyli va muhtasham. Va bu hali ham ma’lum darajada saqlanib qolgan, chunki biz aslida vatanimizdan uzoqda yashaymiz, garchi Samarqandni va Uzbekistonni o‘z uyimiz deb bilsak xam" – ta’kidlaydi Aleksandr Galak.

Ikki vatanga bo‘lgan muhabbat arxitekturada ham seziladi – Samarqandning barcha pravoslav ziyoratgohlarida sharqona notalar mavjud edi, dekor shubhasiz mahalliy edi. Va rus pravoslav cherkovlarining qurilishiga mahalliy aholi yollangan.

Xujrada ozgina sovqotib kolgach, ko‘chaga chiqamiz – quyosh porlab turibdi, O‘zbekistonda qish Rossiyadan farqli o‘larok boshqacha kecharkan. Samarqandning pravoslav cherkovlarida ham o‘zingizni boshqacha his qilasiz: go‘yo e’tiqod ham marosimlar ham bir, ammo sharqona rang-baranglilik o‘zbekistonlik ruslarning turmush tarziga chuqur singib ketganga o‘xshaydi. Aynan shu jihat hayotning hamma jabhalarida tom ma’noda o‘z aksini topadi, garchi u faqat moskvalikning ko‘zlari bilan ko‘riladigan bo‘lsa-da.

Yangiliklar lentasi
0