Rossiyalik bokschilar milliy bayroqsiz Olimpiadaga borishdan bosh tortishdi

CC0 / pixabay / Perchatka
Perchatka  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya terma jamoasi bokschilari Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga milliy bayroqsiz borishdan bosh tortishdi.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya terma jamoasi bokschilari Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga milliy bayroqsiz borishdan bosh tortishdi. Bu haqda Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev RIA Novostiga ma’lum qildi.

Olimpiada 2016. Fextovanie. Jenshini. Sablya. Komandnoe pervenstvo - Sputnik O‘zbekiston
“Ahmoqona qaror”: WADA qarori yuzasidan sport afsonalarining fikri

“Bolalar sud orqali bayroq ostida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishni so‘rashmoqda. Hozir Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va RUSADA harakatlarini kuzatish lozim, lekin o‘zimiz ham ushbu qaror ustidan shikoyat keltirish imkoniyatini tahlil qilamiz. <...> Biz uchun eng asosiysi, bokschilarmiz Rossiya bayrog‘i ostida ishtirok etishi va madhiyasiz yangrashidir. Bularsiz ishtirok etishning ma’nosi yo‘q”, - dedi Kremlev.

Shuningdek, u doping nafaqat Rossiyaning, balki butun jahon sportining muammosi ekanini aytdi. Unga ko‘ra, bunda mamlakatni emas, balki “aniq biror kishini yoki aniq bir federatsiyani” ayblash kerak.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo‘mitasi Rossiyani yirik musobaqalarga ishtirok etish huquqidan 4-yilga mahrum qildi. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ushbu qarorni siyosiylashtirilgan deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0