Qirg‘iziston sobiq prezidentini sud-psixiatriya ekspertizaga jo‘natishdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Bivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almazbek Atambayev va uning 15 nafar tarafdorlariga Koy-Tosh qishlog‘idagi garovga olish va ommaviy tartibsizliklar ishi yuzasidan sud-psixiatriya ekspertiza tayinlangan.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni sud-psixiatriya ekspertizaga jo‘natishdi. Bu haqda RIA Novosti mamlakat IIV matbuot xizmati xabariga tayanib xabar qilmoqda.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev yana qachongacha qamoqda saqlanishi ma’lum bo‘ldi

“Jinoyat-protsessual kodeksining 171-moddasiga muvofiq (Ekspertiza tayinlash uchun asos) 16 nafar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda gumon qilinuvchilarga, jumladan,  Almazbek Sharshenovich Atambayevga sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ular ijro uchun Respublika psixiatriya salomatlik markaziga yuborildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev tergovga to‘sqinlik qilishda gumon qilinayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0