TOShKENT, 10 dek — Sputnik. "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Rossiya prezidentligiga kelgusi saylovlar bo‘yicha o‘z prognozlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Rossiya prezidenti saylovlariga kelsak, mening prognozim - Rossiyaning navbatdagi prezidenti Putin Vladimir Vladimirovich bo‘lmaydi. Uning u yoki bu chiqishlaridan shunday prognoz qilish mumkin. Mening prognozimga ko‘ra, Putin Vladimir Vladimirovich qaysidir shaxsni yoki o‘zi ishonadigan shaxslarni belgilab beradi va uni o‘z vorisi sifatida tavsiya etadi. Keyin nima bo‘lishini, Putinning iborasi bilan aytganda, xalq saylaganidan keyin bilamiz", - dedi Simonyan "Komsomolskaya pravda" radiosi efirida.
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov oktabr oyi oxirida Kreml davlat rahbari vorisi haqida o‘ylagani yo‘qligini, ish ko‘pligini, saylovlargacha esa ancha vaqt borligini aytgan edi.
Putinning o‘zi sal oldin prezident etib saylangan birinchi kundan voris haqida o‘ylashini, ammo bu borada so‘nggi gapni saylovchilar aytishini ma’lum qilgan.
Rossiya prezidentining vakolatlari 2024-yilda tugaydi. Vladimir Putin, Konstitutsiyaga muvofiq, kelgusi prezident saylovlarida ishtirok eta olmaydi.