O‘zbekistonda siyosiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan siyosatshunoslik sohasidagi tadqiqotlar uchun grantlar ajratilmoqda.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan siyosatshunoslik sohasidagi tadqiqotlar uchun grantlar ajratilmoqda. Bu haqda 10-dekabr kuni  Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi anjumanlar zalidda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bundan tashqari Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida joriy o‘quv yilidan boshlab 21 ta xorijiy mamlakatning 103 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilganligi aytildi.

Otkritie filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston malakali siyosatchi kadrlarni yetishtirishda Rossiya bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

Mazkur dasturlar doirasida hozirgi kunda 6230 nafar talaba tahsil olmoqda. Qo‘shma ta’lim dasturlarining 79 tasi hududiy oliy ta’lim muassasalarida, 62 tasi esa poytaxt OTMlarida yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yil oxirigacha esa “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 320 nafarga yaqin, oliy ta’lim muassasalariaro loyihalar doirasida 850 nafardan ortiq professor-o‘qituvchining xorijda malaka oshirishi va stajirovkasi ta’minlanadi. 

Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida, respublika bo‘yicha ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 36,8 foizga yetganligi ma’lum qilindi. Bu ko‘rsatkich 2016-yilda – 31,6% ni tashkil etgan.

 

Yangiliklar lentasi
0