Namanganga reys nega kechiktirildi: bortdagi mushtlashuv va Uzbekistan Airways javobi

© Facebook / Raxmad SobirovV Seti poyavilos foto novogo samoleta Shavkata Mirziyoyeva
V Seti poyavilos foto novogo samoleta Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyot uzoq vaqt ushlanib qolgach, yo‘lovchilarning sabri tugagan. Ular agressiv tarzda ob-havo sharoitlaridan qat’iy nazar samolyotni Namanganga uchirishni talab qila boshlaganlar

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Kuni kecha,9 dekabr kuni O‘zbekistonda Namangan-Toshkent reysi hech bir sababsiz yarim kunga qoldirildi. Bu esa bortda bort xodimlari ishtirokida kichik janjalni yuzaga keltirdi. Bir necha yo‘lovchilar reysdan qoldirilgan.

Krilo samoleta Natsionalnoy aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
Tuman sababli Namangan va Farg‘onagi aeroportlar reyslarni qabul qilmayapti

Shundan so‘ng Uzbekistan Airways kompaniyasi shoshilinch ravishda izoh berishga majbur bo‘ldi.

"Namangan" aeroportida meteosharoit qayta yomonlashgani yo‘lovchilarning samolyot bortida uzoq vaqt kutib qolishlariga sabab bo‘ldi. Ba’zi yo‘lovchilar vaziyatga agressiv tarzda munosabat bildirib, ob-havo sharoitlaridan qat’iy nazar samolyotni Namanganga uchishini talab qila boshladilar.

Namangan” aeroporti ochilgani haqida ma’lumot olinishi bilan komandir uchishga qaror qildi va yo‘lovchilarni bortga chiqishlari mumkinligi e’lon qilindi. Samolyotga chiqqach tajovuzkorona ruhdagi yo‘lovchilar katta bortkuzatuvchiga tashlandilar, unga og‘ir tan jarohati yetkazdilar. Oxir oqibat ekipajning o‘zgarishiga sabab bo‘lgan yo‘lovchi ayol bilan jami 5 nafar yo‘lovchilar tarmoq ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qatnovdan chetlatildilar. Shuni qayd etish zarurki, shu vaqt davomida rahbariyat Savdo-sotiq departamenti va “Uzbekistan Airways” ning Yer usti xizmati boshqarmasi mutaxassislari tushuntirirish ishlarini olib borishgan va yo‘lovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishgan", - deyiladi  aviakompaniya izohida.

"Uzbekistan Airways" yo‘lovchilardan qish mavsumi davomida yomon ob-havo sharoitlari sababli uchish va qo‘nish aeroportlarida jadval o‘zgarishini to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0