TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Moskva shahrining sobiq meri Yuriy Lujkov 84 yoshida vafot etdi.
Lujkov 1936-yil 21-sentabrda Moskvada tug‘ilgan. 1958-yilda Moskva neft va gaz sanoati institutini tamomlagan.
1974 yilda kimyo sanoati vaziri lavomiga tayinlangan.
Lujkov 1996, 1999, 2003-yilda Moskva meri lavozimiga saylangan bo‘lib, bu lavozimda 18-yil davomida ishlagan.
2010 yilda Lujkov prezident Dmitriy Medvedev tomonidan “ishonchni yo‘qotgani uchun” ishdan olingan. Bundan keyin Lujkov qishloq xo‘jaligi, xususan asalarichilik bilan shug‘ullanishni boshlagan.
2016 yil sentabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq merni IV darajadagi “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi.
© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishBivshiy mer Moskvi Yuriy Lujkov vo vremya finalnogo turnira Kubka Devisa mejdu sbornimi Rossii i Serbii.
Bivshiy mer Moskvi Yuriy Lujkov vo vremya finalnogo turnira Kubka Devisa mejdu sbornimi Rossii i Serbii.
© Sputnik / Vladimir Pesnya
/