Koshkin: AQSh Afg‘onistondan foydalanib, Xitoy va Markaziy Osiyoni nazorat qilmoqchi

© SputnikAndrey Koshkin
Andrey Koshkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti siyostashunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi mudiri, Harbiy siyosatshunoslar uyushmasi eksperti Andrey Koshkin Afg‘onistondagi holatga izoh berdi

Sal oldin uch oylik tanaffusdan so‘ng Doxa (Qatar)da AQShning "Tolibon" radikal harakati bilan muzokaralari qayta yangilangani haqida xabarlar tarqaldi.

Transportniy vertolet v gorax Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
General Do‘stum Afg‘oniston shimoliga keng ko‘lamli yurish boshladi

Zo‘ravonlikni qisqartirish hamda Afg‘onistondagi mojaro tomonlari o‘rtasida muzokarani boshlab berishga undaydigan shart-sharoitlar to‘g‘risida muhokama qilindi.

Sputnik radiosi efirida Koshkin Qo‘shma Shtatlar qayerda bo‘lmasin, eng avvalo o‘zining manfaatlarini ko‘zlab ish tutishini aytdi.

"Toliblar - bu qudratli kuch, ular amaldagi afg‘on hukumatini ag‘darishga tayyor, bu uchun ularga vaqt kerak. Amerikaliklarga esa xususan, amerikaparast hukumat o‘z joyida bo‘lishi, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Gani bundan keyin ham hukumatda bo‘lishi va Vashingtonga maqbul bo‘ladigan qarorlarni qabul qilaverishi kerak. Toliblar bilan muzokaralar shu boisdan ham olib borilmoqda", - deb ta’kidladi siyosatshunos.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Afg‘onistondagi maqsadi — yaqin joylashgan davlatlar nazoratidir.

"Amerikaga Afg‘oniston go‘yoki quruqlikdagi aviatashuvchi vazifasini bajaruvchi sifatida kerak, ular u yerdan turib mintaqani, asosan, Xitoyni nazorat qilishlari va unga siyosiy bosim o‘tkazishlari uchun bu zarur", - deya tushuntirdi Koshkin.

Yangiliklar lentasi
0