Gulnora Karimovaning advokati nima sababdan O‘zbekistonga kiritilmadi – prokuratura bayonoti

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistoan Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning chet ellik advokati Greguar Manja yuzasidan bayonot berdi.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning chet ellik advokati Greguar Manja yuzasidan bayonot berdi.

Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlandi

“G.Karimovaning manfaatlari himoyasida qatnashayotgan advokatlar xususida kelib tushayotgan ko‘plab so‘rovlar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ularning barchasi G.Karimovaning yaqin qarindoshlari tomonidan yollangan bo‘lib, tegishli tartibda adliya organlari tomonidan berilgan advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.

Advokatlar bilan barcha munosabatlar Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida amalga oshirib kelinmoqda hamda ular tomonidan o‘z mijozlari huquqlarini himoya qilishda cheklanganliklari xususida biron-bir shikoyat va iltimosnoma kelib tushmagan.

O‘zini G.Karimovaning advokati sifatida tanishtirib kelayotgan Greguar Manja xususida shuni ma’lum qilamizki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra chet el advokatlarining O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilmagan.

Ayni vaqtda, chet ellik advokat G.Manjaning Shveysariya hukumati tomonidan berilgan mandati G.Karimovaga nisbatan Shveysariyada olib borilayotgan jinoyat ishi bilan chegaralangan bo‘lib, uning O‘zbekistonga kelishi faqatgina Shveysariya hukumatining o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi iltimosnomasi asosida amalga oshirilgan edi.

Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi

O‘z mijozi bilan uchrashish uchun yaratib berilgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilgan G.Manja buzg‘unchilik xarakteridagi harakatlarni amalga oshirib, oldindan yolg‘onligi ma’lum bo‘lgan O‘zbekiston penitensiar muassasalari haqidagi bo‘hton ma’lumotlarni piar maqsadida tarqatishda ifodalangan advokatlarning umume’tirof etilgan etika qoidalarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan.

Vaholanki, penitensiar muassasalar xalqaro huquqni himoyalovchi tashkilotlar uchun ham ochiq bo‘lib, ularning monitoring hisobotlari muntazam ravishda chop etib boriladi.

Shunga ko‘ra, o‘zbek tarafi mutanosib chora tariqasida G.Manjaning O‘zbekiston Respublikasiga kirishiga ruxsat berishni rad etishga majbur bo‘ldi.

G.Karimovaning Shveysariyadagi jinoyat ishi bo‘yicha boshqa jinoiy sheriklarining chet el advokatlari O‘zbekiston Respublikasidagi o‘z mijozlari bilan cheklovsiz munosabatni qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar”, - deyilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlangani haqida bayonot bergandi.

Yangiliklar lentasi
0