Inspektorni qurol ishlatishga majburlagan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha mast holda YTH sodir etgan va YPX xodimlarini haqoratlab, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan tahdid qilgan haydovchi qamoqqa olindi.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan va ularni qurol qo‘llashga majbur etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda YPX inspektori muqaddam sudlangan mast haydovchining oyog‘iga o‘q uzdi

Toshkent shahar prokuraturasining aniqlik kiritishicha, N.K.I.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan (“Bezorilik”) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB xodimlari mast holdagi va pichoq bilan tahdid qilgan haydovchini ushlash uchun qurol qo‘llashga majbur bo‘lishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0