Fransiya klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishFutbol. RPL. Match "Krasnodar" - "Rostov"
Futbol. RPL. Match Krasnodar - Rostov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlab Ispaniyaning "Sevilya" klubi endi esa Fransiyaning "Lion" klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Transfermarket Shomurodovni bugungi kunda 2,5 million yevroga baholamoqda.

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Fransiyaning “Lion” klubi kecha Moskvada bo‘lib o‘tgan “Spartak” – “Rostov” o‘yinida bo‘lib, Shomurodovga baho berdi, deb xabar qilmoqda Betting insider klub ichidagi ishonchli manbaasiga asosan.

“Fransiyaning “Lion” klubi vakillari “Rostov”ning va O‘zbekiston terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi Eldor Shomurodovning kechagi “Spartakka” qarshi bo‘lgan o‘yinini tomosha qilishgan. Dastlab ushbu futbolchiga Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi ham qiziqish bildirgandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Rossiya premyer ligasining eng yaxshi hujumchilaridan biridir. Ayni damda u hujumchilar orasida 10ta gol va 5ta golga olib kelgan uzatma bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Undan tashqari Shomurodov 2019-yil ichida O‘zbekiston termasi tarkibida ham 10ta gol urgan. Osiyo qit’asida ham Eldor eng yaxshi hujumchilar orasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ayni damda Shomurodov “Rostov” jamoasi bilan 5-yillik shartnoma asosida hamkorlik qilmoqda. Transfermarkt o‘zbekistonlik hujumchini 2,5 mln yevroga baholamoqda.

Yangiliklar lentasi
0