TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Amerikalik rassom David Datuna italiyalik Mauritsio Kattelanning asarini yeb qo‘ydi. Mazkur hodisa Mayami-Bichdagi “Art-Bazel” zamonaviy san’at ko‘rgazmasida ro‘y berdi, deya yozadi Miami Herald portali.
Devorga skocht bilan yopishtirilgan eksponat, ya’ni banan mevasi ilgari fransiyalik kolleksiya to‘plovchiga 120 ming dollarga sotilgan bo‘lgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Datuta bananni yeb qo‘ygan va buni “Och rassom” shousi deb atagan. Politsiya xodimlari uni ko‘rgazma zalidan olib chiqishgan, biroq hibsga olishmagan.
San’at asarini yangisiga almashtirishgan. Galereya direktori Lyusyen Terras asarni yo‘q qilib bo‘lmaslikni aytgan, chunki “banan – bu g‘oya”.