Alisher Usmonov rossiyalik sportchilarni himoya qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov
Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Usmonov Butunjahon antidoping agentligi rahbariga ochiq maktub yozdi. Maktub nusxasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentiga yo‘llangan.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Ishbilarmon, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov taqiqlangan moddalarni iste’mol qilmagan rosssiyalik sportchilarni himoya qildi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar qilmoqda.

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) rahbariga Kreyg Ridiga yo‘llangan maktubda Usmonov barcha sportchilarning o‘z bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan ehtimoliy chetlatilishini qoralagan. Maktub nusxasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxga yuborilgan.

Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Slovakiyu - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov WADA᾽ning Rossiyani chetlatish tavsiyasiga munosabat bildirdi

Usmonov “dopingga qarshi ayovsiz kurash sudsiz jazolashga va bitta o‘sha qoidabuzarlik uchun yangi sansiyalar qo‘llanishiga aylanmasligini” ma’lum qilgan.

“Aybdorlarni jazolash aybsizlarni oddiy insoniy huquqlaridan mahrum qilmasligi lozim. Ushbu maqsaddan kelib chiqish va kamsitish va asossiz cheklovlarsiz toza rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini ta’minlashni taklif qilaman”, - deb yozgan Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil davomida yirik xalqaro musobaqalardan chetlashishni tavsiya qilgani xabar qilingan edi.

WADA ijroiya qo‘mitasi yakuniy qarorni 9-dekabrda qabul qilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0