Yana avariya: O‘zbekistonning 7ta viloyati aholisi vaqtincha svetsiz qoldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishDim iz trub v Kazani
Dim iz trub v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy dispetcherlik markaziga ma’lum qilingan xabarlarga ko‘ra, ayni paytda "Talimarjon IES" energoblokining avariyaviy o‘chish sabablari aniqlanib, ishga tushirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmokda.

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Kuni kecha, 6-dekabr kuni "Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi"da 800 mVtli 1-energoblok texnologik himoya ishlashi sababli nosozlik holati bilan o‘chdi. Bu haqda "O‘zbekiston MET" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Vvod v ekspluatatsiyu TES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Tolimarjon IES xususiylashtiriladi

"Buning natijasida Qashkadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida avariyaga qarshi avtomatika tizimi orqali iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uzildi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, texnik holat tufayli yuz bergan nosozlikdan so‘ng darhol energetika tizimidagi mavjud zaxira quvvatlarini ishga solish evaziga elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarga kuchlanish berish choralari ko‘rilgan.

Milliy dispetcherlik markaziga ma’lum qilingan xabarlarga ko‘ra, ayni paytda "Talimarjon IES" energoblokining avariyaviy o‘chish sabablari aniqlanib, ishga tushirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmokda.

Bu haqda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot xizmati rasmiy bayonot qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0