Shavkat Mirziyoyev 92 kishini afv etdi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afv etilganlarning 3 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 3 nafarini ayollar hamda 79 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. 92 nafar fuqaro Konstitutsiya kuni munosabati bilan afv etildi. Bu haqda "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga asosan qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 92 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 20 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 37 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 16 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi.

Shuningdek, 19 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 3 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 3 nafarini ayollar hamda 79 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0