Bir guruh eronlik fuqarolar soxta pasport bilan O‘zbekistonga kirishga urindi

© Sputnik Samolet Uzbekskix avialiniy Airbus A-320
Samolet Uzbekskix avialiniy Airbus A-320  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari bo‘lgan mazkur shaxslar Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlarini tekshirish uchun taqdim etishgan

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Bir guruh eronlik fuqarolar soxta pasport bilan O‘zbekistonga kirishga urindi, deb xabar qildi DXX Chegara qo‘shinlari matbuot-xizmati.

"4 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining hujjatlarni nazoratdan o‘tkazish vaqtida ana shunday shaxslardan 5 nafari qo‘lga olingan. Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tish bo‘yicha muayan qonun-qoidalar to‘g‘risidagi targ‘ibot olib borilishiga qaramay ba’zi bir shaxslar tomonidan qonunbuzarlik holatlari uchrab turmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari bo‘lgan mazkur shaxslar Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlarini tekshirish uchun taqdim etishgan.

Natijada pasportlarning qalbaki ekanligi ma’lum bo‘lgan va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Yangiliklar lentasi
0