O‘zbekistonda 2021-yildan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaBolelshiki na stadione "Shardja"
Bolelshiki na stadione Shardja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yil 1-yanvardan boshlab futbolning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.

Bolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha s Yaponiyey - Sputnik O‘zbekiston
Futbol, bukmekerlik va video yordamchi hakam tizimi: prezident qarori tayyorlandi

Farmon bilan O‘zbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini takomillashtirish, yetakchi futbol klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish kabilar shular jumlasidandir.

Farmonga muvofiq, bolalar-o‘smirlar futbol maktablari negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablari tashkil etildi.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli ta’lim muassasalarida sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport diyetologi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.

2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimi joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab  futbolning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.

2020 yil 1-iyunga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqiladi.

Ularda bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi, ushbu faoliyatni davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etilishi kabilar nazarda tutiladi.

Yangiliklar lentasi
0