Bugun Moskvada tayekvondo bo‘yicha yakuniy Gran-pri boshlanadi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaV Moskve startuyut sorevnovaniya iz serii Gran-pri po taekvondo
V Moskve startuyut sorevnovaniya iz serii Gran-pri po taekvondo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tayekvondo bo‘yicha ushbu musobaqaning finaliga chiqqan sportchilar Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Bugun Moskvada taekvondo bo‘yicha yakuniy Gran-pri musobaqasi boshlanadi. Unda 2 nafar o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Jenskaya sbornaya Uzbekistana stala chempionom CAFA U-23 Women’s Championship-2019 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Dushanbeda chempion bo‘ldi

Jahonning eng kuchli taekvondochilari ishtirok etadigan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik 2 nafar sportchi ham bor: Nikita Rafalovich (-80 kg) va Nigora Tursunqulova (-67 kg). 

Saralash bosqichida Nikita Rafalovich avstraliyalik Jek Martonga qarshi kurashadi. Ushbu jangda g‘olib bo‘lgan taekvondochi keyingi bosqichda Aron Kuk (Moldova) va Raul Martines Garsiya (Ispaniya) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Nigora Tursunqulova esa 1/8 finalda xorvatiyalik Matea Yelich bilan to‘qnash keladi. Bu juftlik g‘olibasi Milena Titoneli (Braziliya)va Lauren Uilyams (Buyuk Britaniya) jangi g‘olibasi bilan yarim final uchun kurashadi.

Uzbekistan poluchil ofitsialnoe priglashenie v Tokiyskuyu Olimpiadu - Sputnik O‘zbekiston
Tokio Olimpiadasiga 135ta litsenziya olish rejalashtirilgan

Ta’kidlash joiz, mazkur Gran-pridan so‘ng Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini yig‘ish to‘xtatiladi va har bir vazn toifasida eng ko‘p ball to‘plagan eng kuchli 5 nafar taekvondochi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oladi. Bu borada Nikita Rafalovichda yaxshigina imkoniyat mavjud. Hamurtimiz ayni paytda reytingning to‘rtinchi pog‘onasida turibdi.

Mazkur musobaqada yurtdoshimiz yarim final bosqichiga yetib bora olsa, juda katta ehtimolda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yadi, deyilgan qo‘mita xabarida.  

Yangiliklar lentasi
0