O‘qituvchilarni litsenziyalash – yana bir korrupsion boyish manbaiga aylanmasligi kerak - Xasavov

© Foto iz lichnogo arxiva Arslana XasavovaGlavniy redaktor "Uchitelskoy gazeti" Arslan Xasavov
Glavniy redaktor Uchitelskoy gazeti Arslan Xasavov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosqichma-bosqich litsenziyalash – samarali chora, lekin uni ehtiyotkorlik bilan tatbiq etish lozim deb hisoblaydi “O‘qituvchilar gazetasi” bosh muharriri.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. O‘qituvchilarni litsenziyalash – bu butun dunyoda qabul qilingan tajriba, O‘zbekistonda ham uni qo‘llash foyda keltirishi mumkin, deb hisoblaydi “O‘qituvchilar gazetasi” bosh muxarriri Arslan Xasavov, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

- Lekin shu bilan birga litsenziyalash tizimi o‘qituvchilar yo‘lida yana bir to‘siqqa, yana bir korrupsion boyish manbaiga aylanmasligi kerak. Bundan ayniqsa endigina oliygohni tugatgan yosh o‘qituvchilar zarar ko‘rishi mumkin. Har qanday litsenziyalash tizimi birinchi navbatda obyektiv bo‘lishi kerak, - deb hisoblaydi bosh muharrir.

Shuningdek, Xasavov aytishiga qaraganda, O‘zbekistonda maktablarda uchrayotgan bulling va zo‘ravonlik holatlari, o‘qituvchilar tayyorlashda psixiologik tayyorgarlikning yetishmayotganligidan darak beradi. Chunki o‘qituvchilardan ba’zan o‘quvchilarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari haqida ma’lumot berish balkim biroz diplomatik yondashuv ham talab qilinadi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2030-yilgacha maxsus imtihonlar o‘tkazish orqali maktab o‘qituvchilari va direktorlari faoliyatini litsenziyalash rejalashtirilmoqda. 2021-yilga kelib o‘qituvchilarning umumiy sonidan 5%, 2030-yilgacha – 15-30% gachasi litsenziya olishi kutilmoqda.

O‘zbekiston ushbu amaliyotni dunyoning yetakchi AQSh, Fransiya, Rossiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda amalga oshirmoqda.

Xasavov: litsenzirovanie uchiteley - poleznaya mera, no eto ne doljno stat baryerom
Yangiliklar lentasi
0