Rasman: Talabalar va o‘quvchilar uchun qishki ta’til kunlari belgilandi

© Norma.uzShkolniki
Shkolniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda tegishli qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilindi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 2019-2020 o‘quv yili qishki ta’til davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Bu haqda tegishli qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilindi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda talabalar qishki ta’til muddati o‘zgaradi

Qayd etilishicha, 2019 yilning 22-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan talabalar va o‘quvchilarning o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun qishki ta’til muddati o‘zgartirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ketadigan talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til paytida doimiy yashash joylariga borib-kelishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 16-dekabridan 22-dekabr kuniga qadar hamda 2020-yilning 1-yanvaridan  6 yanvariga qadar 50 % chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvini yo‘lga qo‘yiladi.

Qishki ta’til davomida OTMlar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mavjud bo‘lgan barcha to‘garaklar, sport-sog‘lomlashtirish bo‘limlari, seksiyalari va klublari to‘liq faoliyat ko‘rsatadi.

2020 yil 6-yanvar - dushanba o‘qishning birinchi kuni etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0