Parlament saylovlariga nechta kuzatuvchi keladi?

Obuna bo‘lish
Ishonamiz, lekin barbir kuzatamiz - O‘zbekistonda 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan parlament saylovlariga qayerda necha kishi kelishi haqida Sputnik infografikasi.

O‘zbekistonda 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan parlament va mahalliy kengash saylovlarini 700dan ortiq kuzatuvchilar kuzatib borishadi. 

Bu safargi saylovlar, avvalgilaridan farqli o‘laroq ravishda mutlaq yangi tartibda, yangi qonunga asosan o‘tkaziladi. Bu safar ilk bor saylovchilar yagona elektron ro‘yxatini joriy etiladi. Ayni damda ushbu ro‘yxatga 18 yoshga to‘lgan, ovoz berishi huquqiga ega bo‘lgan 20,6 million fuqaro kiritilgan.

Shuningdek, saylovda kuzatuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan fuqarolar toifalari ham kengaytirilgan. Masalan, oldin kuzatuvchilar safiga faqat siyosiy partiyalar vakillari va xorijiy kuzatuvchilar kirgan bo‘lsa, endi oddiy o‘zbekistonliklar, mahallar vakillari ham saylovning qonuniy o‘tkazilayotganini kuzatib borishlari mumkin.

Parlament saylovlariga qayerda necha nafar kuzatuvchi kelishi haqida Sputnik infografikasida batafsil tanishing.

 

Yangiliklar lentasi
0