Britaniya qirolichasi O‘zbekiston madaniy va tarixiy merosidan boxabarligini namoyish etdi

© press-slujba MID RUzPosol Uzbekistana v Soyedinyonnom Korolevstve Velikobritanii i Severnoy Irlandii Said Rustamov vruchil veritelnie gramoti Koroleve Yelizavete II.
Posol Uzbekistana v Soyedinyonnom Korolevstve Velikobritanii i Severnoy Irlandii Said Rustamov vruchil veritelnie gramoti Koroleve Yelizavete II. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi Said Rustamov qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Podpisan dogovor o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Britaniyey - Sputnik O‘zbekiston
TIVda O‘zbekiston – Britaniya hamkorlik shartnomasi imzolandi

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rasmiy marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli va keng qamrovli islohotlar mavzusi alohida muhokama qilingan.

Mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasi, ayniqsa ta’lim, parlamentarizm, qonun ustuvorligi va bank-moliya sohalaridagi yutuqlaridan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston sa’y-harakati ta’kidlandi.

“Buyuk Britaniya Qirolichasi O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosi, avvalo Samarqandning qadimiy arxitekturasi haqida xabardorligini namoyish etdi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qirolicha ta’lim sohasini ustuvor rivojlantirish, jumladan, boshlang‘ich sinflardan ingliz tilini o‘rgatishni joriy etish borasidagi O‘zbekiston sa’y-harakatlarini yuqori baholagan va o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini qo‘llab-quvvatlagan.

Yangiliklar lentasi
0