Tokayev Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shilishini anneksiya, deb hisoblamaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qrimda sodir bo‘lgan voqealarni anneksiya, deb atamaymiz. Bo‘lgan ish bo‘ldi. Qrimga nisbatan anneksiya so‘zi ishlatilishi – bu murakkab, degan Tokayev

TOShKENT, 4-dek - Sputnik. Qozog‘iston Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shilishini anneksiya, deb hisoblamaydi, deya bayonot qildi respublika prezidenti Kasim Jomart Tokayev.

Pamatnik arxitekturi i istorii Lastochkino gnezdo v poselke Gaspra v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik sobiq diplomat AQShni Qrim Rossiyaniki deb tan olishga chaqirdi

MDH rahbarlari Qrim mavzusida kamdan-kam fikr bildirishadi.

"Birinchidan, Qrimda sodir bo‘lgan voqealarni anneksiya, deb atamaymiz. Bo‘lgan ish bo‘ldi. Qrimga nisbatan anneksiya so‘zi ishlatilishi – bu murakkab", - dedi u Germaniyaga tashrifi arafasida Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, u Qozog‘iston xukumati Ukrainadagi vokealardan qo‘rqqanmi degan savolga javob berdi.

"Ikkinchidan, siz aytganday, hech qanday qo‘rquv yo‘q edi, chunki biz yuqorida aytib o‘tganimdek, Rossiya Federatsiyasi bilan mutlaqo ishonchli, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga egamiz. Biz avval boshdan Rossiya rahbarining odamshavandaligiga ishonganmiz",- deya qo‘shimcha qildi Tokayev.

2014 yil o‘tkazilgan referendumdan keyin Qrim Rossiya xududiga aylandi, unda Qrim respublikasi va Sevastopol saylovchilarining aksariyati Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi. Qrim ma’muriyati 2014-yil fevralda Ukrainada to‘ntarishdan keyin referendum o‘tkazdi. Ukraina hali ham Qrimni o‘zining, lekin vaqtincha bosib olingan xududi deb biladi. Rossiya rahbariyati bir necha bor Qrim axolisi demokratik tarzda, xalqaro qonunlarga va BMT nizomiga to‘la mos ravishda Rossiya bilan birlashishga  ovoz berganliklarini ta’kidlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko‘ra, Qrim masalasi "butunlay yopiq".

Yangiliklar lentasi
0