Rossiyada migrantlardan imtihon qabul qilishga doir qonun qabul qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi xorijiy fuqarolar uchun rus tili va Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha kompleks imtihon o‘tkazish bo‘yicha yagona yondashuv to‘g‘risida qonun loyihalarini qabul qildi.

TOShKENT, 4-dekabr - Sputnik. Rossiya Davlat dumasi xorijiy fuqarolar uchun rus tili va Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha kompleks imtihon o‘tkazish bo‘yicha yagona yondashuv to‘g‘risida qonun loyihalarini qabul qildi.

Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ishlashni istaganlar Toshkentda imtihon topshirib besh yillik sertifikat oladi

Hujjatda faqat kompleks imtihonni o‘tkazish va tegishli sertifikatlarni berish huquqiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Rossiya hukumati tomonidan sertifikat amal qilish muddati belgilanadi.

Sertifikat olish maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi: 3-yil – vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish uchun, muddatsiz – istiqomat qilish guvohnomasi (VNJ).

Shuningdek, hujjatda xorijiy fuqaroning maqsadidan kelib chiqqan holda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bilimlar bo‘yicha darajasiga talablarni belgilash taklif qilingan.

Ikkinchi qonun loyihasi esa ta’lim muassasalari va ularning mansabdor shaxslari yagona imtihon o‘tkazish talablarini buzilishi uchun javobgarlikni belgilaydi. Xususan, imtihonni o‘tkazish hamda sertifikatlarni berish va saqlash talablarini buzilishi uchun jarima joriy etish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0