Farg‘ona hokimi xususiy mulkni olib qo‘ydi: Adliya vazirligi munosabat bildirdi

Obuna bo‘lish
Ushbu holat bo‘yicha javobgarlik masalasini hal etish uchun prokuratura organlariga tegishli materiallar tayyorlanmoqda.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyev tadbirkorning xususiy mulkini noqonuniy ravishda olib qo‘ydi. Shundan so‘ng Adliya vazirligi hokim qarorini bekor qilish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Hokimning 19-sentabrdagi 965-sonli qarori bilan “Constant Trading” MChJga tegishli xususiy mulk va boshqa tadbirkorlik subyektlarining mulklari olib qo‘yilgan.

“Farg‘ona hokimi vakolat doirasidan chetga chiqib, tadbirkorlarni xususiy mulk huquqidan mahrum qilgan holda ularga tegishli yirik obyektlarni bir necha yillardan buyon bo‘sh turganligi hamda samarali foydalanilmayotganligi vaji bilan hokimlik zaxirasiga olgan”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, kiritilgan taqdimnoma ijrosini vazirlik o‘z nazoratiga olgan. Ushbu holat bo‘yicha javobgarlik masalasini hal etish uchun prokuratura organlariga tegishli materiallar tayyorlanmoqda.

Shuhrat G‘aniyev aybini tan olib kechirim so‘radi

Xabarda Adliya vazirligi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini chinakam himoyasini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0