O‘zbekistonda HUMO terminallari Mastercard kartalarini qabul qilishni boshladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mastercard karta egalari butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan 170 mingdan ortiq terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Endi Mastercard karta egalari butun mamlakat bo‘ylab tovar va xizmatlar uchun haqni HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatadigan terminallar orqali to‘lashlari mumkin. Bu haqda Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) xabar qildi.

Karta Master Card - Sputnik O‘zbekiston
MasterCard O‘zbekistonning Humo to‘lov tizimini rivojlantirishda yordam beradi

“Biz uchun mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun yanada kengroq qulayliklar yaratishga ko‘maklashadigan  xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda bu juda muhim qadam. Shuni qayd qilishni istardikki, bulutli yangilanish tufayli funksionalni ishga tushirish uchun  bankka borib o‘tirishning hojati yo‘q: HUMO terminallari Mastercard to‘lovlarini qabul qilish uchun tayyor”, – deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.  

Hozirgi vaqtga kelib Mastercard kartalari egalari butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan 170 mingdan ortiq terminal orqali tovar va xizmatlar haqini kontaktsiz to‘lashlari mumkin.

Mastercard᾽ning Gruziya va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Igor Stepanov ushbu yangilik O‘zbekistonda  turizmni rivojlantirishga ko‘mak beradi, shuningdek mamlakat iqtisodiyotini yanada ochiq va harakatchan qiluvchi naqdsiz to‘lovlarning yanada jadalroq rivojlanishiga zamin yaratadi deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0