Tadbirkorlik sohasidagi islohotlar bajarilishini bosh vazir nazorat qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlik sohasida qonunlarda qabul qilingan 97ta islohotdan faqatgina 24tasi hayotgan tatbiq etilgan.

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. O‘zbekistonda tadbir korlik sohasida so‘nggi yillarda qabul qilingan islohotlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketmoqda. Bu haqida prezident 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tdi. 

"Jahon banki ekspertlarining fikricha, O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi 97 islohotdan 24 tasi to‘liq joriy etilgan", - deyilgan xabarda. 

Ushbu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev islohotlarni jadallashtirish, qarorlarda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holatini tanqidiy tahlil qilish, bunga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlab, ularni har bir soha, yo‘nalish va hudud kesimida hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Islohotlar ijrosini bosh vazir har ikki haftada ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularning yechimi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni muhokama qilib boradi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan barcha masalalar bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0