Prezident issiqlik ta’minoti uchun yangi to‘lov tizimini ma’qulladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRadiator sentralnogo otopleniya v kvartire
Radiator sentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-yildan issiqlik ta’minoti uchun yangi to‘lov tizimi joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev yangi qarorga imzo chekdi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yildan isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimi joriy etiladi. Bu  Shavkat Mirziyoyev 2-dekabrda imzolagan qarorda ko‘zda tutilgan.

“2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi”, - deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, 2020-yil 1-yanvardan boshlab iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, Shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

Aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar mahalliy budjetlar hisobidan qoplanadi.

Chempionat professionalnogo masterstva po standartam WorldSkills Russia v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Endilikda Toshkentdagi issiqlik ta’minoti uchun kim javobgar

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi joylardagi hokimliklar bilan iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishi, o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi, issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va o‘rnatilishi, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish uchun javobgardir.

Qarorga ko‘ra, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 2019-2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkaziladi.

Aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalar asosida yetkazib berish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilgan taqdirda esa ikki tomonlama shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq endilikda Toshkent shahar hokimi poytaxt issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning lozim darajada ishlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0