Sputnik radiosi efirida Yelistratov Markaziy Osiyodagi barcha uzatish liniyalari eskirganini qayd etdi.
"Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi tranzit elektr uzatish liniyalari sobiq Sovet ittifoqi davrida yagona Markaziy Osiyo energiya tizimi yaratilgandan keyin o‘rnatilgan edi. SSSR mustaqil davlatlarga bo‘linganidan keyin, elektr energiyasining tranziti ayrim joylarda saqlab qolindi va bu jarayon davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan tartibga solinadi, ammo ba’zi joylarda tranzit aloqalar hanuzgacha tiklanmagan va ulanmagan davlat avtonom tarzda ishlab kelmokda, shuning uchun vaqti-vaqti bilan respublikalarning elektr ta’minoti tizimida jiddiy muammolar paydo bo‘lib turadi",- deya tushuntirdi Yelistratov.
Uning ta’kidlashicha, elektr uzatish liniyalarining normativ foydalanish muddati taxminan 25-30 yil.
"Mintaqada elektr uzatish liniyalari uzoq vaqtdan beri ishlatilmoqda va Markaziy Osiyo mamlakatlari barcha elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya uchun pul sarflashlari kerak. So‘nggi yillarda tarmoq infratuzilmasini tiklash yetarlicha moliyalashtirilmagan. Bundan tashqari, liniyalarga kuchlanish va iste’mol jadvallari o‘zgarib turgani hisobiga energiya oqimi o‘zgarishi va kuchlanishlar "qotib qolishi" ro‘y bermoqda.