Elektr tokini mahalliy stansiyalar ko‘tara olmayotgani haqidagi xabar noto‘g‘ri ekani aytildi

© Sputnik / Marius Baranauskas / Mediabankka o‘tishVisokovoltnie linii
Visokovoltnie linii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq OAVlarda 1-dekabrdan boshlab “Turkmanenergo” yetkazib berayotgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar ko‘tara olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Turkmanenergo”dan yetkazilib berilayotgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar ko‘tara olmayapti” degan xabarlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 1-dekabrdan boshlab Turkmanistondan o‘zaro imzolangan shartnomaga ko‘ra, elektr energiyasini yetkazib berishni boshlangan va shu kuni jami 14,9 mln. kVt.s elektr energiyasi yetkazib berilgan.  2 dekabr kuni esa  elektr energiyasini yetkazib berish 15,4 mln. kVt.soatni tashkil etgan.

Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi

Xabarda elektr energiyasini yetkazib berish shartnomada belgilangan, kelishilgan grafiklar va miqdorlar asosida amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, joriy rejimlarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasaruffidagi elektr tarmoqlari va podstansiyalari shartnomada belgilangan miqdordagi elektr energiyasini hududiy tarmoqlar chegarasigacha cheklanishlarsiz yetkazib berish imkoniyatiga ega.

Avvalroq OAVlarda “Turkmanistondan kelgan elektr energiyasi sababli Samarqanddagi ba’zi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi” sarlavhali material e’lon qilingan edi. Unda 1-dekabrdan boshlab O‘zbekistonga “Turkmanenergo”dan yetkazib berilayotgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar ko‘tara olmayotgani aytilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0