Rossiya NATO uchun real tahdid xisoblanadi, deb bayonot berdi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Qirollik mudofaa tadqiqotlari institutida o‘tkazilgan saylovoldi debatlar vaqtida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya qadamma-qadam, millimetrma-millimetr Alyansni qat’iyatini sinamoqda".
"Rossiya hech kimga tahdid solmayapti, NATO chegaralariga yaqinlashmayapti – aksincha, NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda va u yerda yirik harbiy kontingentni joylashtirmoqda. Rossiyaning Yevropada joylashtirilgan atom bombalari yo‘q, AKShniki esa bor. NATOning harbiy budjeti yiliga 950 milliard dollarni tashkil etadi, Rossiyaniki esa 46 milliard. Qanday kilib 46 milliard bilan 950 milliardlik budjetga tahdid solish mumkin? Bu kulguli. Lekin aql-idrok, afsuski, g‘arb davlatlari tashviqot aksiyalarida mavjud emas. Xuddi shunday muvafaqqiyat bilan ular (NATO vakillari) o‘zlariga marsliklar tahdid qilayotganini aytishlari mumkin", – dedi Litovkin Sputnik radiosi efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya birontaga tahdid solayotgani to‘g‘risida gap-so‘zlar – bu butun siyosatni boshdan oyoq chalkashtirish va sabab va natijalarni aralashtirishdan boshqa narsamas.