TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Uchqizil temir yoʻl stantsiyasida terrorchilar tomonidan temir yoʻl transportida garovga olinganlarni ozod etish va terrorchilarni zararsizlantirish boʻyicha maxsus-taktik oʻquvlari oʻtkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati Sputnik Oʻzbekistonga maʼlum qildi.
Tadbir Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan.
Boʻlinmalar sunʼiy toʻsiqlar muvaffaqiyatli zabt etishd, dastavval yuzaga kelgan vaziyatni tinchlik yoʻli bilan hal etish maqsadida, “terrorchilar” bilan muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar ijobiy natija bermagach, uygʻunlikdagi harakatlar natijasida ishgʻol qilish orqali garovdagilarni ozod etish va shartli terrorchilarni zararsizlantirishga erishildi.






Mazkur oʻquvdan maqsad huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlarining hamkorlikdagi bajariladigan vazifalarini muvofiqlashtirish, boʻlinmalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish hamda nostandart vaziyatlarda toʻgʻri va oqilona qaror qabul qilish xususiyatlarini mustahkamlashdan iborat boʻlgan.