Sog‘liqni saqlash vazirligi “Damas” avtomashinalaridan voz kechadi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro andozalar darajasida jihozlangan zamonaviy tibbiy yordam mashinalarga o‘tiladi. Ammo aynan qaysi mashinalar bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan.

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. O‘zbekiston 2021-yilgacha tez yordam mashinasi sifatida “Damas” avtomashinalaridan to‘liq voz kechadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Xalqaro andozalar darajasida jihozlangan zamonaviy tibbiy yordam mashinalarga o‘tiladi. Ammo aynan qaysi mashinalar bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan.

SSV ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda tez yordam tizimida ikki yarim mingga yaqin “Nissan”, “Hyundai”, “Toyota”, rusumli va boshqa zamonaviy tez yordam mashinalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
“Tez yordam” mashinasi o‘tib ketishiga xalaqit berish uchun jarima oshiriladi

2019 yil yakuniga qadar barcha tez yordam mashinalarida qulay aloqani, chaqiriqlar uchun mashinani tezkor yo‘naltirishni ta’minlovchi GPS tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish belgilangan.

2016 yilda chaqiriqlar soni 7,2 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida esa murojaatlar soni to‘qqiz milliondan oshgan.

Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining statsionar muassasalariga ham murojaatlar ko‘paymoqda. Jumladan, 2017—2019 yillarda ushbu shifo maskanlariga 7,5 milliondan ziyod bemor murojaat qilgan. Ulardan 2,5 million nafari statsionar, 5 milliondan ortig‘i esa ambulator tibbiy yordamdan bahramand bo‘lgan. Statsionarda davolangan bemorlarning 500 mingdan ortig‘iga yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarilgan.

Yangiliklar lentasi
0