TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Bugungi kunda o‘z ishiga qayta tiklangan IIV xodimlari soni 200 ga yetdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bugun AOKAda “Ichki ishlar organlarining fuqaro murojaatlari bilan ishlash faoliyati” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda IIV matbuot kotibi Sh.Giyasov, vazirlik murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi rahbariyati va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
“Ular faoliyatida salbiy sabablar aniqlanmagan bo‘lsa, yoki oqlangan bo‘lsa, ularni qayta tiklanish arizasi ko‘rib chiqilmoqda. Ular bugungi kunda IIV idorasi qo‘yilayotgan talablarga javob bersa va sog‘ligi mos kelsa qayta tiklanmoqda”, - deb ta’kidladi IIV vakili.