Nazarboyev Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi

© Fotoxost-agentstvoPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning birinchi prezidenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Toshkentga yetib keldi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Yelbasi Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi prezidenti matbuot-kotibi Aydos Ukibay o‘zining Twitter-akkauntida xabar bergan.

​Matbuot-kotib ma’lumotiga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston poytaxtiga prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan yo‘l olgan.

Aeroportda Qozog‘istonning birinchi prezidentini protokolga muvofiq O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Sammitda mintaqaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Birinchi uchrashuv 2018-yilning 15-mart sanasida Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0