“Migalkali” maxsus mashinalarga yo‘l bermaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMigalka
Migalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus avtotransport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun yo‘l bermaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. “Maxsus avtotransport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishlari uchun yo‘l bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlikning kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1285-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida” qonun loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
“Tez yordam” mashinasi o‘tib ketishiga xalaqit berish uchun jarima oshiriladi

Unda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1285-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilgan:

“Transport vositalari haydovchilarining ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit berishi, –

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, –

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishda tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlarda qayd etilgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi”.

Hujjat 12-dekabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0