IIBB sovuqda uysiz qolgan kishilarning hayotini saqlab qolishga chaqirdi

© GUVD TashkentaXolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente
Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB sovqda qolgan uysiz kishilarning hayotini saqlab qolish uchun 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishga chaqirdi.

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqarolardan ko‘chada sovuqda qolgan uysiz kishini ko‘rganda 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishni va shunday yo‘l bilan uning hayotini saqlab qolishga chaqirdi.  

- Kunlar sovib ketdi, bunday haroratda uysiz qolgan inson ko‘chada halok bo‘lishi hech gap emas. Buni olish maqsadida, IIBB inspektorlari tungi vaqtda uysiz qolgan insonlar qo‘nim topishi mumkin bo‘lgan joylarni, cherdak va yerto‘lalarni tekshirib yurishadi. Xodimlar topilgan barcha uysizlarni reabilitatsiya qilish markazi qoshida tashkil etilgan turargohga taklif qilishadi, - deyilgan xabarda. 

© GUVD TashkentaXolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente
IIBB sovuqda uysiz qolgan kishilarning hayotini saqlab qolishga chaqirdi - Sputnik O‘zbekiston
Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente

Topilgan muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslardan ayrimlari darhol xizmat avtomobiliga o‘tiradi, boshqalarini esa xodimlar ularga yaxshilikni ravo ko‘rishlariga va boshpana berishlariga ishontirishga to‘g‘ri keladi.

Markazda uysizlar shifokor ko‘rigidan o‘tadilar, zarur bo‘lganda ularga tibbiy yordam ko‘rsatiladi, toza kiyim, issiq ovqat berishadi. Ko‘plab uysizlar uchun IIBB xodimining kelishi xursandchilikka aylangan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra qilishiga ko‘ra 25-noyabr kuni 28 kishi, 26-noyabr kuni esa - 24 kishi profilaktika inspektorlari tomonidan Reabilitatsiya markaziga olib kelingan.

© GUVD TashkentaXolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente
IIBB sovuqda uysiz qolgan kishilarning hayotini saqlab qolishga chaqirdi - Sputnik O‘zbekiston
Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente

IIBB barcha fuqarolardan uysiz qolgan shaxslarning sovuqdan halok bo‘lishini oldini olish, ularni birgalikda qutqarishga chaqiradi. Buning uchun 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinsa bo‘ldi. Shuningdek uysizlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lgan fuqarolar Reabilitatsiya markazi bilan bog‘lanishlari mumkin: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Chashma ko‘chasi, 3. Telefon: +998983680708, markaz boshlig‘i – Dushayev Boxodir. Toshkent shahar IIBB PPXvaJTSB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Amonov Jafar +998983102901.

© GUVD TashkentaXolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente
IIBB sovuqda uysiz qolgan kishilarning hayotini saqlab qolishga chaqirdi - Sputnik O‘zbekiston
Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0