Dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash nima bilan xavfli bo‘lishi mumkin

Obuna bo‘lish
Shifokorning fikriga ko‘ra, dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash odati jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Sechenov nomidagi tibbiyot akademiyasi somnolog-shifokori Mixail Poluektov dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash charchoq va uyqusizlikni qoplaydi, degan afsonani chippakka chiqardi. RIA Novosti xabariga asosan.

Sbor urojaya xurmi  - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor xurmoning foydali va zararli tomonlari haqida gapirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday dam olish rejimi - agar odam dam olish kunlari ish kunlariga qaraganda, odatdagidan ko‘proq uxlasa, jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ular orasida - diabet va yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq kasalliklar mavjud.

Poluektov ta’kidlashicha, uyquni haddan tashqari oshirish aqliy qobiliyatni susaytiradi va gorizontal holatda uzoq vaqt yotish umurtqa pog‘onasiga ta’sir qiladi. Shunindek, organizmda metabolik jarayonlarni ham buzishi mumkin, bu "yog‘ massasi to‘planishiga" olib keladi.

Bundan tashqari, somnolog yotishdan oldin jismoniy mashqlardan voz kechishni maslahat berdi. Haddan tashqari choralarda, shifokor rejimni tiklaydigan maxsus bio- qo‘shimchalarni ichish, mutaxassis bilan maslahatlashni tavsiya qildi.

Yangiliklar lentasi
0