“O‘zbekneftgaz” va “Tatneft” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi

© REUTERS / Sergei KarpukhinDobicha nefti
Dobicha nefti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar qo‘shma korxonaning ta’sis hujjatlarini tayyorlash va ro‘yxatga olishni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. “O‘zbekneftgaz” va “Tatneft” qo‘shma korxona tashkil etishga kelishib oldi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Andijonneft” AJ konlarida neft qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishning asosiy shartlari kelishib olindi.

Neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ozarbayjon yangi qo‘shma neft korxonasi tashkil etadi

Shuningdek, qo‘shma korxonaning ta’sis hujjatlarini tayyorlash va ro‘yxatga olishni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar Toshkent yaqinidagi investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilishni, shuningdek, Toshkent shahridagi “Tatneft” brendi ostidagi AYoQShni rekonstruksiya qilish va ishga tushirishni tezlashtirishga kelishib oldilar.

“Tatneft” kompaniyasi o‘tgan yili 29,5 mln tonna neft qazib olgan, 2030-yilga kelib ushbu raqamlarni 35 mln tonnagacha, jumladan, yangi loyihalar hisobiga ko‘paytirish kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0