So‘nggi 2-yilda shifokorlarga tajovuz qilganlarning faqat 7 % jazolangan – SSV

© Minzdrav RUzAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqni saqash organi xodimiga tajvuz qilinsa - darhol 10 oyga qamaladi, shifokorga tajovuz qilganlar – esa bor yo‘g‘i 15 sutka – SSV.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda g‘alati notenglik kuzatilmoqda - shifokorlar xayotida tahdid solgan, ularga tan jarohati yetkazgan qoidabuzarlar aksariyat hollarda jazosiz qolmoqda, lekin huquqni saqlash organlariga tahdid qilganlar darhol qamoqqa olinmoqda, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

So‘nggi ikki yil davomida “Tez yordam” xizmati shifokorlariga 266 marotaba tajovuz qilingan, 340 nafar tibbiyot xodimi jabrlangan,  lekin ushbu holatlardan faqatgina 40 tasida (6,6 %) qonuniy jazo chorasi qo‘llanilgan. 128 holatda shifokorlarga tahdid holatiga jazosiz qolgan, deyilgan vazirlik xabarida.

- Yaqinda Buxoroda yo‘l patrul xizmati inspektorining ko‘krak nishoni, radioaloqa vositasi va jezl tayog‘ini tortib olgan fuqaro 10 oyga qamaldi. Bundan bir muddat oldin Navoiyda tez tibbiy yordam shifokorini haqoratlab, tahqirlagan holatga bevosita vazirlik murojaatidan so‘ng ham aybdor shaxs 15 sutka qamoq va ozgina jarima bilan qutulib ketganligini qanday baholash mumkin?, - deb yozadi vazirlik.

Xabar so‘ngida O‘zbekistonda ayni damda shifokorlarni tahqirlash, ularga tajovuz qilish uchun qonuniy jazo chorasi kuchaytirish maqsadida qonunlarga qo‘shimchalar kiritilayotganini xabar qilgan va kelajakda ushbu vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0