Rossiyada bo‘sh ish o‘rinlar bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishYarmarka vakansiy
Yarmarka vakansiy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada sug‘urta, tibbiyot va farmatsevtika, avtomobil biznesi, axborot texnologiyalari kabi sohalarda mutaxassislar va ishchi xodimlar etishmasligi aniqlandi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiyada mahalliy kompaniyalarda bo‘sh ish o‘rinlar soni milliondan oshdi va 2016-yil ko‘rsatkichidan 100 mingtaga oshdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Press-konferensiya na temu: Mashinochitayemie zashitnie priznaki na rossiyskix banknotax - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada eng yuqori maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari ma’lum qilindi

2019 yil shu davr mobaynidagi ko‘rsatkich bilan solishtirilganda 2018-yil aprel-iyunda 13 foizga, 2017-yil ikkinchi chorakda 25 foizga kamroq bo‘lgan.

Eng ko‘p bo‘sh ish joylari Moskvada (170 ming), Moskva viloyatida (79 ming), Sankt-Peterburgda (69 ming) qayd etildi.

Konsalting, sug‘urta, tibbiyot va farmatsevtika, avtomobil biznesi, axborot texnologiyalari kabi sohalarda mutaxassislar va ishchi xodimlar etishmasligi aniqlandi.

Mehnat vazirligi ishsizlik pasayishi holatida bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘sib borayotganini ta’kidladi, bu sentabr oyida iqtisodiy faol aholining 4,6 foizini tashkil etdi. Bu Rossiya tarixidagi minimal ko‘rsatkich hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0